Понедельник, 29.04.2024
Adabiyot (Literature)/Matematika (Math)
Меню сайта
Категории каталога
Мои статьи [39]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 61
Главная » Статьи » Мои статьи

20-аср жаҳон тарихи (1)

1899-1902

Anglo-Bor (Janubiy Afrika) Urushi

 

1901

Avstralia koloniyalari mustaqil Avstralia Hamdo'stligini tuzish uchun federatsiya tashkil qiladi; Qirolicha Viktoriya vafot etadi

 

1901-05

Frantsiyada Cherkov bilan Hukumatni ajralishi

 

1902

Germaniya, Avstriya va Italiya o'rtasida uch tomonlama ittifoqning keyingi 6 yil uchun yangilanishi

 

1903

Panama mustaqil bo'lishi

 

1903-1921

Rossiyada pogrom (qatag'on)

 

1904

Frantsiya G'arbiy Afrika Federatsiyasi uchun konstitutsiyani e'lon qilishi; Anglo-Frantsuz ishonchnoma imzolanishi

 

1904-5

Manjuriya uchun Rus-Yapon urushi va Rossiyani mag'lubiyati

 

1905

Birinchi Morokko inqirozi; Norvegiya-Shvetsiya ittifoqi tugatilishi; Teodor Ruzvelt AQSh prezidenti bo'lishi

 

1905-6

Rossiyada inqilob

 

1907

Yangi Zelandiya Britaniya imperiyasida yangi mustamlaka

 

1908

Avstriya Bosniya va Gertzegovinani bosib olishi

 

1910

Portugal revolyutsiyasi; Yaponiya Koreyani bosib olishi

 

1911

Ikkinchi Morokko inqirozi; Uinston Cherchil Suv qo'shini birinchi Lordi etib tayinlandi

 

1911-12

Turk va Italyanlar o'rtasida Tripolitan urushi

 

1912

Afrika Milliy Kongressining tashkil topishi; Montenegro Turkiyaga qarshi urush ochishi; Bolgariya va Serbiya o'z qo'shinini oyoqqa qo'yishi

 

1912-13

Turkiya va Bolqon Ligasi o'rtasida birinchi Bolqon urushi

 

1913

Ikkinchi Bolqon urushi; Bolgariya sobiq ittifoqchilarga hujum qilishi; Buxarest shartnomasi

 

1914

AQSh tomonidan boshqarilgan Panama Kanalining ochilishi; Serbiya va Turkiya tinchlik shartnomasini imzolanishi; Avstriya-Vengriya Germaniya yordamida Serbiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Rossiya Serbiyaga yordam qilish uchun o'z qo'shinini oyoqqa qo'yishi; Germaniya Rossiya va Frantsiyaga urush e'lon qilishi; Germaniya Belgiyani bosib olgandan so'ng Britaniya urushga kirishi; Rossiya Turkiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Frantsiya va Britaniya Turkiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Ruslar sharqiy Prussiyani va Vengriyani bosib olishi

 

1914-1918

Birinchi Jahon Urushi; Avstraliya va Yangi Zelandiya Britaniya bilan Birinchi Jahon Urushiga kirishi

 

1915

German havo kemalari Britaniya sharqiy portlariga bomba tashlashi; Nemislar birinchi marta zaharli gaz ishlatishi

 

1916

Italiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Britaniya G'arbiya frontda tanklardan foydalanishi; Germaniya Ittifoqchilarga tinchlik notasini yo'llashi; Arablarning Turklarga qarshi qo'zg'oloni

 

1917

AQSh va Kubaning Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Xitoy Avstriya va Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; AQSh Vengriya va Avstriyaga qarshi urush ochishi; German-Rus sulhi imzolanishi; Balfur bayonnomasi Ziyonizmni tan olishi va Falastinni yahudiylarning milliy vatani deb e'lon qilishi;

MDH: Rossiyada inqilob boshlanishi; Lenin bosh komissar va Trotskiy tashqi ishlar komissari etib tayinlanishi; Kerenskiy boshchiligidagi aksil-inqilob harakatining tanazzuli

 

1917-22

MDH: Fuqarolar urushi: Kommunistlar anti-communistlarni mag'lub etishi

 

1918

AQSh prezidenti Vilson 14 banddan iborat rejani e'lon qilishi; Londonda go'sht va saryog' meyoriy taqsimot qilinishi; Damashqning qulashi; Falastinda Turkiya qarshiligi sinishi; Germaniya tinchlik so'rashi; Germaniya suvosti jangini to'xtatishi; Bavariyada respublika deb e'lon qilinishi; German respublikasi e'lon qilinishi; Berlinda inqiliob; Avstriya Germaniya bilan ittifoq bo'lishini e'lon qilishi; Germaniyada Milliy Sotsiyal partiyasiga asos solinishi

MDH: Sovet hukumatini Moskvaga ko'chirilishi; Rossiyada sobiq tsar Nikolay va uning oilasi qatl etilishi;

 

1919

Parijda Millatlar Ligasining birinchi majlisi bo'lishi; Habsburg sulolasini Avstriyadan surgun qilinishi; Versalda German tinchlik shartnomasini imzolanishi

 

1919-21

MDH: Rus-Polyak Urushi

 

1919-23

Ottaman imperiyasi qulashi (parchalanishi)

 

1922

MDH: Stalinning Kommunist partiyasining bosh kotibi bo'lishi

 

1923

Turkiya respublika deb e'lon qilinishi

MDH: SSSR rasman tuzilishi

 

1924

MDH: Leninning vafoti; Stalin va Trotskiy o'rtasida hokimiyat uchun jang boshlanishi

 

1925

Rezak Xonning Persiya shohi bo'lishi

 

1926

Livan respublikasi o'rnatilishi;

 

1927

MDH: Trotskiy partiyadan haydalishi;

 

1927

Avstraliya poytaxti Melburndan Kanberraga ko'chirilishi

 

1928

MDH: Don tanqisligi; Stalin qishloq xo'jaligini zudlik bilan kollektivlashtirishga farmon berishi

 

1928-32

MDH: Iqtisodni rivojlantirish uchun birinchi 5-yillik reja ishlab chiqilishi; Boy yer egalarining ta'qib qilinishi (boyquloq qilinishi)

 

1929

Wall Street tanazzuli butun jahon iqtisodiy inqiroziga olib kelishi

MDH: Trotskiy mamlakatdan chiqarib yuborilishi

 

1930

Gandi Hindistonda ijtimoiy bo'yinsinmaslik harakatini boshlashi; Oxirgi Frantsuz qo'shinlarining Raynlenddan (g'arbiy Germaniya) chiqib ketishi; Falastinda birinchi ulkan Arab-Yahudiy nizosi; Germaniya saylovlari va Milliy Sotsiyal partiyasi yetakchi siyosiy kuch bo'lishi

 

1931

Yaponiya Manjuriyani egallashi

 

1932

Germaniyada bir necha natijasiz saylovlar o'tishi; Yaponiya Shanxayni egallashi; Saudiya Arabistoni yagona qirollik bo'lishi; Iroq mustaqil bo'lishi

 

1932-33

MDH: Ochlik va dehqonlarni jazolash; taxminan 15 million aholi o'lishi

 

1933

Gitler Germaniya Kantsleri etib tayinlanishi; Ruzvelt AQSh prezidenti etib saylanishi; Germaniyada Yahudiy biznesini boykot qilish boshlanishi; Ruzvelt AQSh iqtisodiga yordam berish uchun "Yangi kelishuv" dasturini ishlab chiqishi; birinchi Fashist konslagerlari (kontsentratsiya lageri); AQShda spirtli ichimliklarni savdo qilishni ta'qiqlovchi qonunlar bekor qilinishi

 

1933-37

MDH: Xalq iste'moli mahsulotlarini ishlab chiqish uchun ikkinchi 5-yillik reja

 

1933-38

MDH: Stalinning Dahshatli qatag'oni

 

1934

Avstriyada fuqarolar urushi; Gitler va Mussolinining Venetsiyada uchrashuvi; Avstriyada Fashistlar qo'zg'oloni; Gitler Fyurer (rahbar) taxallusini olishi; SSSR Millatlar Ligasiga a'zo bo'lishi; Mao Zedong "Uzun Marsh"ga rahbarlik qilishi

 

1935

Chang dovullari AQShning don yetishtiradigan shtatlariga talofat yetkazishi; Gitler Millatlar Ligasi qarshiligiga qaramasdan qayta qurollanishni e'lon qilishi; Italiya Efiopiyani egallashi

 

1936

Fashist qo'shinlari Raynlendga kirishi; Ispaniyada Franko fashistlari va respublikachi kuchlar o'rtasida fuqarolik urushi boshlanishi; General Frankoning Fashist hukumati Gitlet va Mussolini tomonidan qo'llab-quvvatlanishi; Oriylarning ustunligini namoyish qilish maqsadida Berlinda Olimpiya o'yinlari o'tkazilishi; Franko Ispan xalqining rahbari etib saylanishi; Rim-Berlin ittifoqi tashkil etilishi;

 

1936-38

Yangi Zelandiya barcha fuqarolari uchun ijtimoiy himoya dasturini ta'sis etishi

 

1937

MDH: SSSRda Stalin siyosiy raqiblarni daf etish uchun oshkora sudlar o'tkazishi; Frankoning qo'shini Gvernika shahrini yakson etishi; "Hindenburg" nomli ulkan havo kemasining Nyu Jersiga qo'nish paytidagi halokati; Misr Millatlar Ligasiga a'zo bo'lishi; Yaponiya Pekinni va Shanxayni egallashi; Chiang Kai-Shek va Mao Zedong qo'shinlari Yaponiyaga qarshi birlashishi

 

1938

Germaniya Avstriyani egallashi; Meksiko AQSh va Britaniya neft hududlarini qo'lga kiritishi; Braziliyadagi Fashist qo'zg'oloni bostirilishi; Germaniya va Britaniya Chexiyaning shimoliy hududlarini Germaniya ixtiyoriga o'tkazilishini imzolashi; Chilida Fashist harakati ma'glubiyati; Gitler Chexoslovakiyani egallashi; Germaniya yahudiylarga qarshi pogrom (qirg'inlar) uyushtirilishi; Yaponiya Millatlar Ligasida chiqishi

 

1938-42

MDH: Qurol-yarog' ishlab chiqarish uchun uchinchi 5-yillik reja

 

1939

Atom bo'linishiga erishish; Ispan fuqarolar urushi tugashi va Frankoning g'alaba qozonishi; Chexoslovakiya davlatining yo'q qilinishi; Italiya Albaniyani bosib olishi; Ispaniya Millatlar Ligasidan chiqishi; Germaniya Polshani bosib olishi; II Jahon Urushi boshlanishi; Yaponiya Hainanni (Xitoyning janubiy sharqiy viloyati) egallashi; AQSh Yaponiya bilan savdo qilishni bekor qilishi; Britaniya va Frantsiya Germaniyaga qarshi urush ochishi; AQSh prezidenti Ruzvelt AQShning neytral (betaraf) pozitsiyasini e'lon qilishi

MDH: Stalin va Gitler o'rtasida hujum qilmaslik shartnomasi; Mongoliya chegarasida Rus-Yapon urushi; SSSR Finlyandiya va Polshani sharqiy tomonini bosib olishi va Millatlar Ligasidan haydalishi

 

1939-40

MDH: Rus-Fin urushi

 

1939-45

Avstraliya va Yangi Zelandiya Ittifoqchilar bilan II Jahon Urushida jang qilishi

 

1940

Finlyandiya 14-haftalik urushdan so'ng SSSRga mag'lub bo'lishi; Germaniya Daniya va Norvegiyani bosib olishi; Italiya Franstiya va Britaniyaga qarshi urush ochishi; Germaniya Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgni bosib olishi; Germaniya Chennel orollarini bosib olishi; Germaniya Parijga kirib borishi; Britaniya jangi va kunduzgi Londonni bombaga tutish; Italiya Misrga yurish qilishi, ammo chekinishga majbur bo'lishi; Britaniyani tungi bombaga tutish; Urush Shimoliy Afrikaga yoyilishi; Ruzvelt AQSh prezidenti etib qayta saylanishi

MDH: Trotskiy Meksikoda Stalinning buyrug'i bilan o'ldirilishi; Rossiya Boltiqbo'yi davlatlarini bosib olishi

 

1941

Britaniya Iroqni egallashi; Britaniya Efiopiyani bosib olishi; Ittifoqchilar Liviya va Siriyani egallashi; Gretsiya Germaniya tasarrufiga o'tishi; Germaniya Kritni egallashi; Ittifoqchilar Eronni boshqarishi; Yaponiya AQShning Perl Harbor portini bombardimon qilishi; AQSh va Britaniya Yaponiyaga qarshi urush ochishi; Germaniya va Italiya AQShga qarshi urush e'lon qilishi; Xitoy Ittifoqchilar tomonida urushga kirishi; Yaponiya Tayland, Filippin, Malaya va Gong Kongni egallashi; Yaponiya Singapur va Burmani hujum qilishi

MDH: Germaniya 1939 yilgi shartnomani buzib SSSRga hujum qilishi; Leningrad qamali boshlanishi

 

1942

Gitler boshchiligida Germaniya "So'nggi Yechim" - Yahudiy, lo'li, gomoseksual, communist va dissidentlarni muntazam yo'q qilishga kirishishi; Yaponiya Manilani olishi; Burma va Singapur Yaponiyaga taslim bo'lishi; Yaponiya Daniya tasarrufidagi Sharqiy Hind (Osiyoning janubiy sharqiy hududidagi davlatlar) yerlarini egallashi; Britaniya Lyubek va Kolonni bombaga tutishi; AQSh Tokioni bombaga tutishi; Amerikaliklar Marjon Dengizi jangini yutishi va bu Yaponiyaning sharqqa yurishini to'xtatadi; AQShning Yaponiya egallagan Sulaymon orollariga hujumi; Stalingrad jangining boshlanishi; Germaniya V2 raketasini ishlatishi

 

1942-43

MDH: Stalingrad jangi 1943 yilda Rossiya g'alabasi bilan yakunlanishi

 

1943

Birinchi bor Berlinni kunduzi bombardimon qilinishi; Atlantika jangi; Germaniya suvosti kemalari mag'lubiyatga uchratilishi; Varshava qishlog'idaga qirg'in; Ittifoqchilar Sitsiliya oroliga yurishi; Mussolini taxtdan ag'darilishi; AQSh qo'shini Italiya yerlariga hujumi; Italiya sulhi imzolanishi; Italiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; AQSh qo'shini yana Tinch okeanidagi orollarni o'z nazoratida ushlashi; Ruslar Dnepr daryosini kechib o'tib, Smolenskni olishi; Ruslar Kiyevni qayta egallashi; Ittifoqchilarning Germaniyani "soat-yo'nalishi-bo'ylab" bombardimon qilishining boshlanishi

 

1944

Yaponiyani strategik bombardimon qilishni boshlanishi; Gitletga suiqasd qilish besamar bo'lgani; Britaniya va Shimoliy Amerika qo'shinlari shimoliy Frantsiyani egallashi; Germaniya qo'shinlari Sovet Ittifoqidan quvib chiqarilishi; Parij Ittifoqchilar qo'liga o'tishi; Ruminiya va Finlyandiya bilan Sovet hukumati o'rtasida sulh tuzilishi; Bolgariya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Germaniya Gretsiyani tashlab chiqishi; Sovet qo'shinlari Germaniyani bosib olishi; Moskvada Cherchil va Stalin konferentsiya o'tkazishi; Yaltada Ruzvelt, Stalin va Cherchil uchrashuvi, Prezident Ruzvelt vafoti va Truman uning o'rniga kelishi; Siriya mustaqil bo'lishi; Vyetnam mustaqil respublikasi tashkil etilishi

 

1945

Sovet qo'shinlari Polsha, Avstriya va Vengriyani egallab, Chexoslovakiyaga kirishi; Ittifoqchilar Burmani qayta qo'lga kiritishi; Ittifoqchilar Manilani qayta qo'lga kiritishi; Mussolini qatl etilishi; Venaning ozod etilishi; Gitler o'z joniga suiqasd qilishi; Germaniya taslim bo'lishi; Berlin Sovet qo'shinlariga taslim bo'lishi; Ittifoqchilar Filippinni qayta egallashi; Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi tasdiqlanishi; AQSh Yaponiyaning Hirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlashi; Yaponiya rasman taslim bo'lishi; Nuremberg urush jinoiy ishlari ko'rib chiqila boshlashi; SSSR sharqiy Germaniyani egallashi; AQSh qo'shinlari Koreyaga kirishi; Xitoy fuqarolik urushi boshlanishi

 

1946

AQShning yadro quroli sinovlarini boshlashi; Britaniya yadro sinovlarini Kristmas orolida o'tkazishi; Birinchi Fashist urush jinoyatchilari Nurenberg sud ishlarida jazoga hukm etilishi; SSSR Bolgariya va Ruminiyada Kommunist hukumatini o'rnatishi; Filippin mustaqil bo'lishi; Iordaniya mustaqil bo'lishi

 

1946-47

MDH: Sovuq Urushning boshlanishi

 

1947

Marshal Eid Rejasi (AQShning G'arbiy Yevropani tiklash borasidagi ko'magi); Kommunistlar Vengriyada hukumat tepasiga kelishi

 

1948

Kommunistlar Chexoslovakiyani to'liq o'z qo'llariga olishi; Polshada Kommunistlarning g'alabasi; Berlin blokadasi; SSSR Shimoliy Koreada "xalq respublikasi"ni tuzishga yordam berishi; Narh-navoning o'ta balandligi AQShda qo'zg'olonlarni keltirib chiqardi; Nyufoundlend Kanadaga qo'shilishga ovoz berishi; AQShda 18-25 yoshdagi erkaklar harbiy xizmatga chaqirilishi; Isroil davlati barpo etilishi; Kommunistlar Manjuriyani egallashi; SSSR Shimoliy Koreada kommunistik hukumat ta'sis etishi; Sovet qo'shinlari Shimoliy Koreadan chiqib ketishi; Burma mustaqillikka erishishi; Janubiy Korea mustaqil bo'lishi

 

1948-9

Birinchi Arab-Isroil Urushi

 

1948-60

Malayada favqulodda holat

 

1949

Shimoliy Atlantika Tashkiloti (NATO) tuzilishi; Germaniya Federativ Respublikasi tuzilishi; Kommunist Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilishi; Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilishi; AQSh Janubiy Koreadan qo'shinlarini olib chiqishi; Kommunistlar Xitoyni boshqarishi; Xitoy natsionalistlari Tayvanga qochishi; Indoneziya mustaqil deb e'lon qilinishi

MDH: SSSR atom bombasini sinashi

давоми

Категория: Мои статьи | Добавил: otauli (06.09.2019)
Просмотров: 664 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Copyright MyCorp © 2024
Сделать бесплатный сайт с uCoz