Среда, 01.05.2024
Adabiyot (Literature)/Matematika (Math)
Меню сайта
Категории каталога
Мои статьи [39]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 61
Главная » Статьи » Мои статьи

20-аср жаҳон тарихи (2)

1950

Janubiy Afrikada Aholini Ro'yxatdan o'tkazish Qarori aholini irqiga qarab tasnif qilishi; Shimoliy Korea Janubiy Koreaga bosib olishi; AQShda McCarren Qarori kommunistlarga qarshi qat'iy cheklovlarni ilgari suradi; AQSh va SSSR o'rtasida Do'stlik Shartnomasi imzolanadi; Xitoy Shimoliy Koreaga yordam berish uchun Koreys urushiga aralashadi; AQShning Shimoliy Koreaga qarshi urushga aralashishi; Vyetnam mustaqilligi tan olinishi

MDH: Xitoy-Sovet ittifoqchilik kelishuvi

 

1950-3

Koreys urushi

 

1951

Liviya mustaqilligi

 

1952

Keniya hukumati favqulodda holat e'lon qilishi; 16 000 kishi Sharqiy Berlindan G'arbiy Berlinga qochib o'tishi; AQSh birinchi vodorod bombasini sinovdan o'tkazishi

 

1953

Viyetnam isyonchilari Laosga hujum qilishi

MDH: Stalinning vafoti; Khrushchev Partiyaning birinchi kotibi bo'lishi; SSSR o'zining birinchi vodorod bombasini sinashi

 

1953-55

Morokkoda bir qancha aksil-Frants qo'zg'olonlari bo'lishi

 

1954

AQSh va 7 boshqa davlatlar kommunizmning tarqalishini oldini olish uchun Janubiy-sharqiy Osiyo Umumiy Mudofaa Kelishuvini imzolashi; AQSh Oliy Sudi maktablarda irqiy kamsitishni noqonuniy deb e'lon qilishi; Indoxitoy Sharqiy va G'arbiy Viyetnam, Cambodjia va Laosga ajralishi

 

1954-62

Aljir urushi: millatchilarning Frantsuz hukmronligiga qarshi qo'zg'oloni va natijada Aljir mustaqilligiga erishishi

 

1955

Sharqiy Yevropa communist davlatlari o'rtasida Varshava Kelishuvi imzolanishi; AQShda qora tanli aholi yetakchilari o'ldirilishi; AQShda ijtimoiy hayotda irqiy ajratishlar konstitutsiyaga qarshi deb e'lon qilinishi

 

1956

Sudan mustaqil bo'lishi; Morokko va Tunis mustaqil bo'lishi; Ikkinchi Arab-Isroil Urushi; Isroil G'azo sektorini bosib olishi

MDH: Rossiya Vengriyani bosib olishi; Khrushchev Partiya Yig'ilishida Stalinni qoralashi

 

1956-7

Suets inqirozi: Misr Suets kanalini milliylashtirishi, Isroil va Anglo-Frantsuz harbiy aralashuvi va BMT tinchlik kuchlarini jo'natishi

 

1957

Gana mustaqillikka erishgan birinchi Afrika davlati; SSSR o'zining birinchi Sputnik 1 sun'iy yo'ldoshini uchiradi; Malaya mustaqil bo'ladi

 

1957-8

AQSh maktablaridagi desegregatsiya ijtimoiy notinchliklarga va Milliy Gvardiyadan foydalanishga olib kelishi

 

1958

Gvineya mustaqil bo'ladi; AQSh o'zining birinchi sun'iy yo'ldoshini uchiradi; Harbiy qo'zg'olonlar Iroqda monarxiyani tugatadi

MDH: Xrushchev rahbar bo'lishi

 

1959-60

Fidel Kastro rahbar Batistani o'rnini egallagandan keyin AQSh Kubaga savdo embargosini e'lon qiladi

 

1960

Keniyaning favqulodda holati yakunlanadi; G'arbiy Sahara Ispaniyaning bir provintsiyasiga aylantiriladi; Benin, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Kongo, Gabon, Ivori Kost, Madagaskar, Mali, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Senegal, Somalia, Togo, Yuqori Volta va Zair mustaqillikka erishadi; Janubiy Afrikada Sharpevil isyoni, natijada 67 odam qurbon bo'lishi va Janubiy Afrikaning tanqidga uchrashi; SSSR hududida AQShning U2 ayg'oqchi uchog'ini otib tushirilishi; SSSR Xitoyga yordamni to'xtatishi; Fidel Kastroning hukumati oshkora communist hukumatga aylanishi

MDH: Xitoy-Sovet ajralishi boshlanishi

 

1961

BMT bosh assambleyasi aparteidni qoralashi; Siyerra Leon, Tanganika va Zanzibar mustaqil bo'lishi; Janubiy Afrika Hamdo'stlikdan chiqishi; AQSh Kuba bilan diplomatik aloqalarni uzishi; AQShning Kubani ishg'ol qilish harakati mag'lubiyatga uchrashi; Berlin devori qurildi; AQSh va SSSR yadro sinovini tugatishi

MDH: Venada qurolsizlarnish masalasi yuzasidan Kennedi-Xrushchev sammiti

 

1962

G'arbiy Samoa mustaqil bo'ladi; Aljir, Burundi, Ruanda va Uganda mustaqillikka erishadi; SSSR Kubaga qurol jo'natishga rozi bo'ladi; SSSR Kubaga yadro qurolini olib kirmaslikka rozi bo'lishi

 

1962-70

Yamanda fuqarolar urushi va monarxiya tugatilishi

 

1963

Keniya mustaqillikka erishadi; Afrika Ittifoqi Tashkilotining tuzilishi; AQSh, SSSR va Britaniya tomonidan yadro sinovini o'tkazmaslik haqidagi shartnomani izmolanishi; Prezident Kennedi suiqasdda halok bo'ladi; AQShda inson huquqlari uchun kurash kuchayadi; Malaya kengayib Malayziyani tashkil etadi

 

1964

Nelson Mandela va boshqa Afrika Milliy Kongress va Pan-Afrika Kongressi yetakchilari umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi; Malavi va Zambiya mustaqil bo'ladi; AQShda irqiy isyonlar kuchayadi; AQShning Vyetnam urushiga aralashishi boshlanadi

MDH: Xrushchev hokimiyatdan ketishi va Brejnev Partiya rahbari etib saylanishi

 

1964-75

Vyetnam Urushi (AQSh 1965-73 yillarda ishtirok etishi)

 

1965

Frantsiya yadro sinovlarini Tuamotu Orolida o'tkazishi; Gambiya ozod bo'lishi; AQShning quruqlik qo'shinlari Vyetnam Urushiga kirishi; Indoneziyada kommunist to'ntarishini uyushtirishga harakat qilish; Singapur mustaqil bo'ladi

 

1965-7

AQShning Vyetnam urushidagi ishtirokining kuchayishi, xususan bomba reydlari o'tkazilishi va bu urush muholifatchilarining ko'payishiga olib kelishi

 

1965-75

Shimoldagi kommunistlar bilan janubdagi kommunist bo'lmaganlar o'rtasida Vyetnam Urushi

 

1966

Gayana mustaqil; Botsvana va Lesoto mustaqil bo'ladi

 

1966-7

Xitoyda Madaniy Inqilob

 

1967

Avstraliya konstitutsiyasiga Aborigenlarga (yerli aholiga) yordam beradigan dasturlar uchun o'zgartirish kiritilishi; Nigeriyadagi nizolar fuqarolar urushiga olib kelishi; Xitoy o'zining birinchi vodorod bombasini portlatishi; AQSh va SSSR qurolsizlanishni muhokama qilishi; Olti-kunlik urush: Isroil G'azo sektori va Golan tepaliklari bilan G'arbiy hududni qaytadan egallashi; G'arbiy Yaman mustaqil bo'lishi

 

1968

Nauru mustaqil bo'ladi; Ekvatorial Gvineya, Mavritaniya va Svazilend mustaqil bo'ladi; Varshava Shartnomasidagi davlatlar Chexoslovakiyani bosib olishadi; AQShda Vyetnam urushiga qarshilar kuchayishi; Inson huquqlari kurashchisi Martin Lyuter King o'ldirilishi va ko'plab qo'zg'olonlarning kelib chiqishi; Prezidentlikka nomzod Robert Kennedining o'ldirilishi

MDH: Qizil Armiya Chexoslovakiyani bosib oladi

 

1969

General Gaddagi boshchiligidagi harbiy zobitlar Liviya qirolini ag'darishi; AQSh va SSSR SQChM (Strategik Qurollanishni Cheklash Muzokaralari)ni boshlashi; AQShning Vyetnam urushidan chiqishi; Neyl Armstrong birinchi bo'lib Oyga qo'nishi; Yosir Arofat Falastin Ozodlik Tashkiloti rahbari etib saylanishi; Golda Meyr Isroilning to'rtinchi bosh vaziri bo'lishi

MDH: Xitoy-Sovet chegara nizolari

 

1970

Britaniya Fiji, Tonga va Sulaymon orollariga mustaqillik berishi; G'arbiy Germaniya, Sovet va Polsha Yevropa chegarasi bo'yicha kelishuvi; Nigeriyada fuqarolar urushi yakunlanishi; AQSh harbiy guruhlari Kambodjiyaga hujum qilishi

 

1971

Bahreyn, Qatar va Birlashgan Arab Amirligi mustaqillikka erishishi; Xitoy BMTga a'zo bo'lishi

 

1972

AQSh prezidenti Nikson SQChM I shartnomasi uchun SSSRga tashrifi; Niksonning Xitoyga tashrifi; AQShning Vyetnamni bombaga tutishi yakunlanishi; Ferdinand Makros Filippinda harbiy holat e'lon qilishi va diktatorlik o'rnatishi

 

1973

Vyetnamda urushni tugashi va Amerika qo'shinlarini chiqarilishi; Arablarning AQShga neft sotishni ta'qiqlashi tufayli ro'y bergan neft inqirozi; To'rtinchi Arab-Isroil urushi; Arab neft embargosi; Britaniya, Irlandiya va Daniya Yevropa Iqtisodiy Hamkorlikka a'zo bo'lishi

MDH: Brejnev-Nikson sammiti

 

1973-5

Helsinki anjumani G'arb va Sharq adovatini kamayishiga yordam berishi

 

1974

Gvineya Bissau mustaqil bo'lishi; Nikson Votergeyt janjali natijasida istefoga chiqishi; Turkiya Kiprga hujum qilib, yarmini bosib olishi; Portugaliyada inqilob

 

1975

Papua Yangi Gvineya mustaqil bo'ladi; Surinam ozod bo'ladi; Suets kanali qayta ochiladi; G'arbiy Saharaning Morokko va Mavritaniya o'rtasida bo'linishi; Angola, Keyp Verde, Komoros, Mozambik va Sao tom va Prinsipe mustaqil bo'ladi; AQSh va SSSR 1945 yilgi Yevropa chegaralarini tan olish haqidagi shartnomaga imzo qo'yishi; Livan Fuqarolar urushining boshlanishi; Kambodjiya Kamputchiya deb atala boshlanishi; Xuan Karlos 44 yilga Ispaniyaning birinchi qiroli etib saylanishi

 

1976

Seyshel orollari ozod bo'ladi; G'arbiy Sahara uchun Morokko va Aljir qo'shinlarining to'qnashuvlari; Udandalik va Tanzaniyalik isyonchilar tomonidan Ugandaning ishg'ol qilinishi; AQSh neytron bombasini sinashi; Vyetnamni rasman birlashishi; Mao Zedong o'limi

 

1977

Djibuti ozod etilishi; Misr prezidenti Sadat Isroilga tinchlik taklif qilish uchun tashrif buyurishi

 

1977-8

Somaliya va Efiopiya o'rtasida Ogaden urushi

 

1978

Britaniya Tuvaluga mustaqillik berishi; Zairning Shava viloyatida qirg'in va isyonlar va Yevropaliklarning bu hududdan evakuatsiya qilinishi; Begin va Sadan Nobel Tinchlik uchun mukofotini olishi; Vyetnam Kampuchiyani bosib olishi; Jon Pol birinchi Polyak popi bo'lishi

 

1979

Britaniyaning Gilbert Orollari Kiribati sifatida ozod bo'lishi; Mavritaniya G'arbiy Saharadan chiqishi va uning Morokko tomonidan bosib olinishi; AQSh-SSSR SQChM II shartnomasi; AQSh Nikaraguaga yordamni to'xtatishi; Eronda Amerikaliklar asirga olinishi; Eron inqilobi; Shoh mamlakatdan qoshganda keyin Oyatulloh Humayni hukumatga kelishi; Isroil-Misr Tinchlik Shartnomasi imzolanishi; Xitoy Vyetnamni bosib olishi; Margaret Tetcher Yevropada birinchi ayol bosh vazir bo'lishi

 

1979-80

Sovet qo'shinlari Afg'onistonga hujum qilishi

 

1979-81

AQSh elchixonasi qamali tufayli AQSh-Eron inqirozi

 

1980

Britaniya va Frantsiya tomonidan boshqariladigan Yangi Hebrid ozod etilishi va u Vanuatu deb nomlanishi; Rodeziyada oqtanli guruh hukmronligi tugatilishi va uning Zimbabve deb nomini o'zgartirilishi; Afrikada dahshatli qurg'oqchilik va Efiopiyaning tang ahvoli; Eronda Amerikalik asirlarni qutqarish harakati inqirozga uchrashi; Prezident Karter hokimiyatni qo'ldan boy beradi; Eron-Iroq urushi boshlanishi va Iroqning g'alabasi

 

1981

Beliz mustaqillikka erishadi; Misr prezidenti Sadar o'ldiriladi; Prezident Reyganga suiqasd uyushtiriladi; Eronda Amerika asirlari ozod etiladi; Yevropada yadro qurolsizlanishiga da'vat qiluvchi ulkan namoyish; Frantsiyada Mitteran prezident etib saylanadi; Jon Pol papasi suiqasd natijasida jarohatlanishi; Polsha islohotlari bekor qilinishi va harbiy holat e'lon qilinishi

 

1982

AQSh va SSSR START (Strategik Qurol Kamaytirish Muzokaralari) boshlanishi; Isroil Liviyani ishg'ol qilishi; Eron Iroqga hujum qiladi; 20,000 dan ortiq ayollar Grinham Britaniyadagi AQSh yadro maydonida yadro quroliga qarshi namoyish qiladi

MDH: Brejnev vafot etadi va Andropov uni o'rniga saylanadi

 

1983

AQShning Grenada oroliga hujum qilishi; 247 AQSh suv qo'shinlari va 58 Frantsuz qo'shinlari Liviyadagi mashina portlatilishida halok bo'ladi; Arofat Siriyadan haydaladi

 

1984

Argentina va Buyuk Britaniya Malvina (Foklend) orollari uchun urush qiladi va Buyuk Britaniya boshqaruvni saqlab qoladi; Xalqaro tinchlik qo'shinlari Liviyadan chiqib ketadi; Bruney ozod bo'ladi

MDH: Andropov vafot etib, o'rniga Chernenko saylanadi

 

1985

Yangi Zelandiya yadro qurollari va o'z sohillarida yadro qurollari ortilgan kemalarni ta'qiqlaydi; AQSh Nikaraguaga iqtisodiy embargo e'lon qiladi; AQSh va SSSR qurolsizlanish muzokaralarini boshlaydi; Isroilliklar Liviyadan chiqadi; Falastin terroristlari Rim va Vena aeroportlariga hujum qiladi

MDH: Gorbachyov Sovet rahbari bo'ladi

 

1986

Guam va Karolin orollaridan tashqari ko'pgina Amerika hududlari mustaqil etiladi; Janubiy Afrika davlati favqulodda holat e'lon qiladi; AQSh havo kuchlari Liviyani bombaga tutadi; Islandiyada Reygan-Gorbachyov sammiti; Liviyaning qasos olish uchun AQShga raketa hujumi 37 kishini o'ldirishi; AQSh qo'shinlari Boliviyaga hujumi; Ispaniya va Portugaliya EIH (Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik)ga a'zo bo'ladi; Britaniya va Fratsiya Kanal tunelini qurishga kelishadi

MDH: Chernobil atom stantsiyasidagi baxtsiz voqea; Gorbachyov qayta qurish va oshkoralik islohotlarini boshlashi

 

1987

Fiji respublika deb e'lon qilinishi va harbiy to'ntarishdan keyin Hamdo'stlikdan chiqishi; Chad Liviyani mag'lub qilishi; Vol Strit inqirozi xalqaro iqtisodiy inqirozga olib kelishi; G'arbiy suv qo'shinlari Ko'rfaz kemalariga himoya-hamrohlik qila boshlashi; Xitoyda Jao Ziyang partiya rahbari bo'ladi; Britaniyada Tetcher uchinchi umumiy saylovda g'alaba qozonadi; Londondagi aktsiya bozorining yomonlashuvi Yevropada inqirozni keltirib chiqaradi

MDH: AQSh-SSSR qurolsizlanish kelishuvi

 

1988

Sudan qochoqlari Efiopiyaga qochib, vaziyatni og'irlashtiradi; Janubiy Afrikada ikki million qora tanli ishchiar irqchilikka qarshi isyon qiladi; Janubiy Afrika va Kuba qo'shinlari Angoladan chiqariladi; Eron fuqarolar uchog'i otib tushiriladi va unda 290 yo'lovchi halok bo'ladi; AQSh navbatdagi qurolsizlanish shartnomasini SSSR bilan imzolaydi; AQSh Eron neft bazasiga bomba tashlaydi; Iroq Eron neft terminalidagi tankerlarga hujum qiladi; Eron BMTning tinchlik shartlariga rozi bo'lganidan so'ng Eron-Iroq urush yakunlanadi

MDH: Ozarbayjonda komendatlik soati e'lon qilinadi; SSSR Afg'onistondan chiqadi; Rus qo'shinlari Armeniyaga g'alayonni bostirish uchun jo'natiladi; Latviya va Litva ozodlikni talab qiladi; Estoniya suverenlikni talab qiladi; Serbiya mustaqillik uchun birlashadi; Yugoslaviya hukumati barbod bo'ladi

 

1989

AQSh Panamani bosib oladi; Xitoyning Pekin shahrida Tiananmen maydonida demokratiya tarafdorlari bo'lgan talabalar o'ldiriladi

 

1990

AQSh Efiopiya-Somalia urushidagi qochoqlarga yordamni to'xtatadi; Nelson Mandela 26 yildan so'ng qamoqdan ozod etilishi; Sharqiy va G'arbiy Germaniya qayta birlashadi; Shimoliy va Janubiy Yaman birlashadi; Iroq qo'shinlari Quvaytga hujum qiladi; Yugoslaviya yangi siyosiy partiyalarga yo'l beradi

MDH: Ozarbayjon zulm ichida qoladi; Litva mustaqillik e'lon qiladi; Yeltsin Rossiya prezidenti etib saylanadi; Yeltsin Kommunistik partiyadan chiqadi

 

1991

Panama Kanal ustidan boshqaruvni qayta qo'lga kiritadi; Sudanda qattiq ocharchilik bo'ladi; Janubiy Afrikada ikki tarafning kuchli to'qnashuvi; Efiopiada bir million qochoq; Janubiy Afrika barcha aparteid (irqchilik) qonunlarini bekor qiladi; AQSh Janubiy Afrikaga nisbatan iqtisodiy cheklovlarni olib tashlaydi; Somalia poytaxtida qonli to'qnashuvlar avj olishi; Varshava Shartnomasi bekor qilinadi; AQSh va Iroq o'rtasida tinchlik muzokaralari natija bermaydi; AQSh Iroqqa qarshi Iroq Quvaytni bosib olgandan so'ng BMTning Cho'l Qalqoni operatsiyasini olib boradi; Iroq Isroil va Saudia Arabistonini bombardimon qiladi; Saddam Quvayt neft quduqlariga o't qo'yadi; Fors ko'rfazida quruqlikda jang boshlanadi; Ittifoqchilar Iroq qo'shinlarini osonlikcha yengadi; Livan Armiyasi Falastin Ozodlik Tashkilotiga hujum qiladi; Madridda Arab-Isroil tinchlik muzokaralari; Ko'rfaz jangida Ittifoqchilarga yordam ko'rsatgan ko'plab qurd qochoqlari Iroqqa qayta olmay qish sovug'ida vafot etadi; Livandan so'nggi AQSh asiri ozod etiladi; Kambojiada tinchlik muzokaralari boshlanadi; Yugoslaviyada aksil-kommunist namoyishlari bo'ladi; Sloveniya va Xorvatiya ozodlikni e'lon qiladi

MDH: Reaktsion kommunistik quruh Gorbachyovni to'ntarishga harakati inqirozga uchraydi; Sovet qo'shinlari Litva va Latviyaga yuboriladi o'n bir respublika Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH)ni tuzadi;

 

1992

El Salvadorda 12-yillik fuqarolar urushi tugaydi; Aljir prezidenti istefoga chiqishga majbur etiladi; BMTning Liviyaga nisbatan havo yo'llari embargosi e'lon qilinadi; Angolada zulmning qayta avj olishi; AQSh qo'shinlari Somaliaga oziq-ovqat yetkazilishini ta'minlashi; Los Anjelesda isyonlar; so'nggi AQSh qo'shinlari bir asrdan so'ng Filippinni tark etishi; Afg'onistonda president Najbulloh ag'darilishi; Hizbulloh shaharlarga hujumidan keyin Isroil tanklari Liviyaga yurishi; Taylandda armiya va demokratiya tarafdorlari o'rtasida to'qnashuv; Xitoy eng katta yadro qurolini sinaydi; sobiq Yugoslav respublikalarida jangler davom etadi; AQSh Serbiya va Montenegroga cheklovlar (sanktsiyalar) e'lon qiladi; BMT qo'shinlari Sarayevo aeroportini nazorat qiladi; sharqiy Germaniyada immigrantlarga qarshi irqchilik zulmi; Serbiyadagi kontsentratsiya lagerlari dunyoni larzaga soladi

MDH: Yeltsin va Bush sovuq urushning yakunlanganini rasman e'lon qiladi; Rossiya keskin iqtisodiy islohotlar o'tkazadi

 

1993

Bill Klinton AQSh prezidenti bo'ladi; AQShda Jahon Savdo Markazi portlatiladi; AQShda "Yulduzlar Jangi" dasturi rasman tugatiladi; AQSh Bog'dodga raketa tashlaydi; AQShning harbiy hujumlaridan keyin Iroq BMTning qurol nazoratini qabul qiladi; Isroil Livandagi partisan bazalariga bomba tashlaydi; Arofat va Rabin (Isroil bosh vaziri) G'azo hududi va G'arbiy qirg'oqning mustaqilligiga kelishadi; Falastin Ozodlik Tashkiloti qurolli jangni to'xtatadi; Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiya respublikalariga bo'linadi; Bosniya rahbari BMTning tinchlik rejasini qabul qiladi; Bosniyalik Serblar BMTning tinchlik rejasini tan olishmaydi; BMT Serblarga qarshi havo hujumlariga izn beradi

 

1994

Palau AQShdan mustaqil bo'ladi; Somaliada tinchlik kelishuvi va AQSh qo'shinlari chiqarilishi; Nelson Mandela Janubiy Afrika prezidenti etib saylanishi; Jibutida fuqarolik urushini yakunlashga kelishuv; Angolada tinchlik kelishuvi; AQShning Vyetnamga iqtisodiy embargosi olib tashlanishi; AQShning Gaitiga bostirib kirib prezident Aristidni qayta tiklashi; Hebron machitida qirg'in; Shimliy Yaman Yaman fuqarolar urushida g'alaba qozonishi; Isroil va Iordaniya tinchlik shartnomasini imzoladi; Iroq Quvaytni tan olishi; AQSh-Shimoliy Korea yadro quroli kelishuvi qurol nazorati inqiroziga nuqta qo'yadi; Bosniyada Rojdestvo davrida vaqtinchalik jangni to'xtatishga kelishish

MDH: Chechnya Rossiyadan mustaqil bo'lishi; Rossiya qo'shinlari isyonni bostirish uchun jo'natilishi va bu katta zulmga olib kelishi

 

Manba: The Diagram Group, "Cyclopedia, the Portable, Visual Encyclopedia", Running Press Book Publishers, second edition, 1995, Philadelphia, London;

 

Категория: Мои статьи | Добавил: otauli (06.09.2019)
Просмотров: 531 | Комментарии: 10 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Copyright MyCorp © 2024
Сделать бесплатный сайт с uCoz