Среда, 24.04.2024
Adabiyot (Literature)/Matematika (Math)
Меню сайта
Категории каталога
Мои статьи [39]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 61
Главная » Статьи » Мои статьи

Matematikadan qiziqarli masalalar

Javoblarni topsangiz, shu yerga yozib qoldirishingiz mumkin. Keyin men izoh beraman.

Свои ответы можете здесь оставлять. Позже я прокомментирую.

Agar sizda matematik misol-masalalar bo'lsa, shu yerda aytishingiz mumkin, men yechib berishga harakat qilaman! Omad!

Если у вас есть задачи по математике, можете задавать, я попробую их решить для вас. Удачи.

1. Ikkita piyola. Birida 100 gram choy, ikkinchisida 100 gram sut bor. Choyli piyoladan bir qoshiq choy olib sutli piyolaga quyilgach, u aralashtirildi. Keyin ana shu aralashmadan bir qoshiq olinib, birinchi, ya'ni choyli piyolaga quyildi. Endi aytingchi, birinchi piyolada sut ko'pmi yoki ikkinchi piyolada choymi?

Два стакана. В одном 100 гр чаю, во втором 100 гр молока. Взяли одну ложку чая из первого стакана, влили во второй стакан и перемешали. Затем взяли одну ложку смеси из второго стакана и влили в первый стакан. Итак, что больше, молока в чае или чаю в молоке?

2. Afandi do'konda idora qurollari sotayapti. Xaridor do'konga kirib, 200 so'mlik qalam xarid qilish uchun yaxlit 500 so'mlik berdi. Biroq Afandining qaytim berish uchun mayda puli bo'lmagach, u darrov qo'shni do'kondan ana shu 500 so'mlikni 200, 200, 100 so'mlikka maydalab chiqib, xaridorga bir qalam va 300 so'm qaytim berdi. Xaridor ketgach, qo'shni do'kondor Afandi bergan 500 so'mlik qalbaki ekanligini ma'lum qilib, undan 500 so'mni almashtirib berishni talab qiladi. Xo'sh, Afandi bu savdolarda hammasi bo'lib necha pul zarar qildi? 

Афанди продовал канц-товары в магазине. Покупатель решил купить карандаш за 200 сум и дал 500 сум. У Афанди не было мелочи для сдачи, поэтому он пошел в соседний магазин чтобы разменять 500 на 200, 200, 100 сумов и дал сдачи 300 сум покупателю. Когда покупатель ушел, соседний торговец заявил, что 500 сум фальшивая и Афанди пришлось поменять её на действительную. Итак, сколько сум Афанди потерял в итоге?

3. Uch do'st choyxonada birga ovqatlanib, jami 30 ming so'm to'lashdi. Demak har bir kishiga 10 ming so'mdan tushgan. Ular chiqib ketgach, choyxonachi ulardan 5 ming so'm ko'proq olganini anglab, bir bolakayni ularning ketidan jo'natdi. Bolakay uch kishiga 5 ming so'mni teng taqsimlab berish noqulayligi uchun, har biriga ming so'mdan berib, qolgan 2 mingini o'ziga olib qolibdi. Shunda haligi uch do'stning har biri ming so'mini qaytib olgan bo'lsa, ovqatlanish har biriga 9 mingdan tushgan. Xo'sh, uch do'st jami 27 ming so'm to'lagan bo'lib, haligi bolakay o'ziga 2 ming so'm olib qolgan bo'lsa, yana ming so'm qayerga ketdi? Axir, boshida 30 ming so'm pul bor edi-ku?

Три друга пообедали в чайхане и заплатили 30 тысяч сум. Получается, каждый заплатил по 10 тысяч сум. Когда они ушли, чайханщик осознал, что взял лишние 5 тысяч сум и быстро поручил мальчику вернуть им 5 тысяч. Мальчик догнал их, но так как 5 тысяч неудобно было поровну делить, он решил отдать 3 тысяч сум и оставить 2 тысяч сум себе. Тогда, получается, что каждый из трёх друзей заплатил по 9 тысяч сум. Как это так, они заплатили 27 тысяч сум и у мальчика 2 тысяч сум, в итоге 29 тысяч сум. Но в начале же было 30 тысяч сум? Почему не сходиться?

4. Uchoqda sayohat qilganda, yo'lovchilarga o'zlari bilan olishga muayyan og'irlikdagi yuk ruhsat etilgan. Har kilogram ortiqcha yukka yo'lovchi 10 dollar ustama to'lashi kerak. Agar 40 kilogram yuk olib ketayotgan yo'lovchi 50 dollar to'lagan bo'lsa, 80 kilogram olib ketayotgan yo'lovchi qancha pul to'lashi kerak?


5. Ikki yog'ochli kubchaning yoqlarida shunday raqamlar yozilgan-ki, bu ikki kubcha yordamida oyning istalgan kunini tasvirlash mumkin. Bunga erishish uchun qanday raqamlar yozish kerakligini aniq ko'rsating. 

6. a = 1, b = 2, c = 3, ... , z = 26 bo'lsin. Quyidagi ifodaning qiymati nechaga teng: (x - a)(x - b)(x - c)...(x - z)?

7. Bo’sh kataklarni A, B, C, D va E harflari bilan shunday to’ldiring-ki, natijada hech bir qator, ustun yoki diagonalda (ikki diagonal mavjud) har bir harf bir marta ishlatilsin. 

D



C




B
C

B
E

B
E



A


C
E


8. Matematika fanidan testda taxmin qilishdan qaytarish uchun Malikning o'qituvchisi har bir no'to'g'ri javob uchun yetti bal olib tashlashini e'lon qildi. Biroq, har bir to'g'ri javob bahoga faqatgina besh bal qo'shadi. Malik hamma misollarga javob berdi va "teng qildi". Boshqacha aytganda, u roppa rosa nol oldi. Malik testdagi 24ta misoldan qanchasiga to'g'ri javob bergan?

9. Linda, Aziza va Iroda qarta o'ynashga qaror qilishdi. Ular hisobni bodom yordamida qilishdi. Ular o'zaro quyidagi shartga kelishishdi: kim o'yinni yutqazsa, boshqalarga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berishi kerak. Birinchi o'yinni Linda yutqazdi va Aziza va Irodaga har birida qancha bo'lsa shuncha bodom to'ladi. Ikkinchi o'yinni Aziza yutqazdi va Linda va Irodaga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Uchinchi o'yinni Iroda yutqazdi va Linda va Azizaga har birida nechta bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Shu payt, har bir o'yinchida 8tadan bodom qoldi. Har bir o'yinchi qancha bodom bilan o'yinni boshlagan? 

10. Sinfda 30ta talaba bor. O'n bittasining ko'zi ko'k. O'n beshtasining sochi qo'ng'ir. Uchta talabaning ko'zi ham ko'k, sochi ham qo'ng'ir. Nechta talabaning na ko'zi ko'k, na sochi qo'ng'ir?  

11. Sug'urta tizimi o'z mijozlariga ular uzoq vaqt kasallik davrida har oy quyidagi reja bo'yicha birinchi 240,000 ming so'm yillik maosh bo'yicha mablag' to'laydi: 
  1-oy: hech nima
  2-4-oylar: oylikning 50%
  5- va keyingi oylar: oylikning 25%
agar u kasal bo'lsa va xo'jayinidan haq olmasa. Bu reja quyidagi mijozlarga necha pul to'laydi agar:
Tursun ikki oy kasal bo'lgan, yillik maoshi 120,000 so'm va xo'jayinidan kasallik davri uchun haq olmagan bo'lsa? 
Murod olti oy kasal bo'lgan, biroq birinchi ikki oy uchun xo'jayinidan haq olgan va yillik maoshi 180,000 so'm bo'lsa?
Iroda yillik maoshi 300,000 so'm, uch oy kasallik davri uchun xo'jayinidan haqini olgan va to'qqiz oy kasal bo'lgan bo'lsa?
   
12. Anjumanda Qozoqiston, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'izistondan jami 15ta guruh qatnashyapti. Har bir davlat turli sondagi guruhlar jo'natgan va har biridan kamida bitta guruh vakil bo'lgan Tojikiston va O'zbekiston jami 6ta guruh jo'natgan. Bitta davlat roppa rosa 4ta guruh jo'natgan. O'zbekiston va Qirg'iziston jami 7ta guruh jo'natgan. Har bir davlat tomonidan nechta guruh jo'natilganini toping?  

13. 52talik standard majmuadan siz bir qancha qarta oldingiz. Tanlangan qartalar orasida kamida bitta xonim, ikkita qarg'a, uchta zo'r (tuz) va to'rtta qisht bor. Eng kami bilan qancha qarta tanlagan bo'lishingiz mumkin? 

14. 19ta talaba bo'lgan guruhning har bir a'zosi xaltasida 3, 4 yoki 5ta kitob bor. Kitoblarning umumiy soni 71ta. 4ta kitobi bo'lgan talabalar soni 10ga karrali. Nechta talabada 3ta, nechtasida 4ta va nechtasida 5ta kitob bor?

15. A qishloqning 6800 kishi aholisi bor va u har yili 120 kichiga kamayib boryapti. B qishloqning 4200 kichi aholisi bo'lib, u har yili 80 kichiga ortib boryapti. Necha yildan keyin bu ikki qishloqning aholisi tenglashadi? 

16. 8ta sonning o'rta qiymati 6ga, 6ta boshqa sonlarning o'rta qiymati 8ga teng. Barcha 14 sonning o'rta qiymati nimaga teng? 

17. 1 dan 200gacha sanaganda, yo'lda qancha 7dan o'tasiz?  

18. Qirralari 10cm, 4cm va 4cm bo'lgan to'g'ri burchakli parallelepiped bo'yaldi va qirrasi 1cm bo'lgan kichkina kublarga bo'lindi. Kublarning necha foizi kamida bir yoqdan bo'yalgan? 

19. Saylda 20ta katta kishi yoki 32ta bolalarga yetadigan yemish bor. Agar saylda 15ta katta kishi bo'lsa, yana nechta bolani to'ydirsa bo'ladi? 

20. AQShda Dildora va Dilfuza yegulik sotib olishmoqchi bo'lishibdi. Ular pullarini qo'shishganlarida 25, 10 va 5 tsentlik tangalardan iborat $4 chiqibdi. Agar ularda 35 dona tanga va 25 tsentlik tangalar soni 5 tsentlik tangalar sonidan ikki baravar kam bo'lsa, ularda qancha 25 tsentlik tanga bor?  

21. 64-maktabning 120ta yuqori sinf o'quvchilari shahmat, shashka yoki har ikkala to'garak a'zosi. Agar shashka to'garagida 90ta va shahmat to'garagida 70ta o'quvchi bo'lsa, har ikkala to'garakda nechtadan o'quvchi bor? 

22. Shunday son toping-ki, agar uni kvadratga oshirsa, 27 qo'shsa, 3ga ko'paytirsa, kvadrat ildiz chiqarsa va 18 ayirsa, hech narsa qolmaydi. 


23. Men 100 va 200 sonlari orasidagi sonman. Men o'ngga va chapga bir hil o'qilaman. Mening raqamlarim yig'indisi 8. Men kimman? 

24. Maktabda 600 nafar, har bir sinfda esa 30 nafar o'quvchi bor. Har kuni har bir o'quvchining 5ta va har bir o'qituvchining 4ta darsi bor. Har bir darsda to'liq sinf o'quvchilari va bitta o'qituvchi bor. Maktabda nechta o'qituvchi bor? 

25. Mening tog'am har bir shag'am qoldig'ini asrab qo'yishini va yettita shag'am qoldig'idan yangi shag'am yasashini aytdi. Agar tog'am 92ta shag'am sotib olgan bo'lsa, nechta shag'am yoqishi mumkin? 

26. Ma'lum bir quvur cho'milish hovuzini 2 soatda to'ldirishi mumkin; boshqa quvur esa uni besh soatda to'ldirishi mumkin; uchinchi quvur esa hovuzni olti soatda bo'shatishi mumkin. Agar hovuz bo'sh bo'lib, uchala quvur bir vaqtda yoqilgan bo'lsa, hovuzni to'ldirish uchun qancha vaqt kerak bo'ladi? 

27. Qodir Sevaraga "Agar menga sakkiz dollar bersang, bizda teng miqdordagi pul bo'ladi" dedi. Sevara "Balki, biroq agar menga sakkiz dollar bersang, sendan ikki baravar ko'p pul bo'ladi" deb javob berdi. Har bir qizda qancha pul bo'lgan? 

28. (1 + 1/2)(1 + 1/3)(1 + 1/4) ... (1 + 1/2005) = ?

29. Qaysi son kattaroq va nima uchun: 191919/999999, yoki 191919191919/999999999999?

30. Omborda ikkita bir xil idish bor: biri moy bilan to'la, ikkinchisi yarmigacha. Ularning og'irliklari 86kg va 53kg. Bo'sh idishning o'g'irligini toping? 

31. Quyidagi sonlardan to'rtta to'plam shunday tuzing-ki, har bir to'plamdagi sonlar yig'indisi 300 bo'lsin.
27 41 67 12 To'plam A: , , va  
89 24 168 76 To'plam B: , , va  
6 31 123 186 To'plam C: , , va  
154 91 75 30 To'plam D: , , va  

32. 16 sonini bir qancha ketma-ket butun sonlar yig'indisi shaklida ifodalay olasizmi? 

33. Ikki butun sonning yig'indisi 968. Ulardan biri nol bilan tugaydi, biroq bu nolni o'chirsangiz, ikkinchi son hosil bo'ladi. Bu qanday sonlar? 

34. Har qanday vaqt SS:DD:SS ko'rinishida ifodalanadi. Ya'ni, 3 soat, 54 daqiqa va 20 soniya bo'ladi: 03:54:20. Yana, yilning ixtiyoriy kuni KK/OO ko'rinishida ifodalanadi. Ya'ni, 5 iyul bo'ladi: 05/07. 0 dan 9gacha barcha raqamlardan foydalanib SS:DD:SS KK/OO shaklda yozish mumkin bo'lgan yilning eng kech vaqtini ayting.

35. Bir qatorda beshta to'p bor: sariq, jigarrang, ko'k, qizil va yashil. Agar ko'k to'p markazda bo'lmasa, qizil to'p ko'k to'pdan ko'k to'p yashil to'pdan qancha uzoq bo'lsa shuncha uzoqda bo'lsa, sariq to'pning chap qo'shnisi qizil to'p bo'lsa, bu to'plarning tartibini toping. 

36. 13 soni tub son va uning aksi 31 ham. Aksi tub son bo'lgan nehcta ikki xonali tub son topa olasiz?

Категория: Мои статьи | Добавил: otauli (20.01.2009) | Автор: Фаррух
Просмотров: 24480 | Комментарии: 38 | Рейтинг: 4.4/11 |
Всего комментариев: 261 2 3 »
22 fazliddin  
0
a = 1, b = 2, c = 3, ... , z = 26 bo'lsin. Quyidagi ifodaning qiymati nechaga teng: (x - a)(x - b)(x - c)...(x - z)?
(x^2-1^2)*(x^2-2^2)*........*(x^2-12^2)*(x-13) ga teng

21 Nurbek  
0
1*1!+2*2!+3*3!+...+n*n! yigindini xisoblang

20 Dilnoza  
0
5:5+5*5+5=31

19 Surayyo  
0
5 5 3 3 3 raqamlari yordamida arifmetik ammalar bilan 100sonini hosil qiliw zarur ko'paytirish amalini 1marta qo'llash mumkun qolgan amallar istalgancha?

18 madina  
0
23 savolga jsvob; 151

24 otauli  
0
To'g'ri javob: 161.

17 Qodir Togoev  
0
8 savolga javob: 14 tasi Tug'ri, 10 tasi notugri

16 Qodir Togoev  
0
9 Gulnoz, savolni boshqacha tushunyapsiz, birinchi piyolada sut kupmi, ikkinchi piyolada choy kupmi deyilyapti... Manimcha aniq javob, ikkinchi piyolada choy kup.

15 Qodir Togoev  
0
2 savolga javob: Afandi 500 sum zarar qilgan, 700 deb notugri xisoblamman

14 Qodir Togoev  
0
2savolga javob: Afandi 700 sum zarar qilgan

23 otauli  
0
To'g'ri javob: Afandi 500 so'm zarar qilgan.

13 Qodir Togoev  
0
1 savolga javob: ikkinchi piyolada choy kup

25 otauli  
0
To'g'ri javob: Ular teng.

1-10 11-20 21-22
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Copyright MyCorp © 2024
Сделать бесплатный сайт с uCoz